78 113-0808 Shaxsiy kabinet

Kompaniya haqida

Sharq Telekom – sizning internet provayderingiz bo’lib, u bilan ishlash oson. Biz 2003 yil iyul oyidan buyon siz uchun va sizning sifatli internetga ulanishingiz uchun ishlamoqdamiz. Biz doimo aloqadamiz va sizga yordam berishga tayyormiz, bizning texnik ko’mak xizmatimiz esa kechayu-kunduz ishlaydi.

 

 

 

 

Bizga ishonishgani uchun bizni tanlashadi. Biz mijozlarning talablariga javob berish, servisimizning sifatini yaxshilash va umuman kommunikatsiya xizmatlari sohasini yaxshilash uchun barcha kuchlarimizni jalb etamiz.

 

Sharq Telekom – kommunikatsiya xizmatlari olamiga sizning ishonchli yo’lboshlovchingiz.

 

Bizning vazifamiz:
Bizning vazifamiz – mahalliy va dunyo miqyosida aloqa sifatini yaxshilash. Hammasi kichikdan boshlanadi, bir kuni biz kichik qadamlar bilan nafaqat kommunikatsiya xizmatlarining jahon darajasiga yetamiz, balki uni butun mamlakat bo’ylab uzatamiz. Sharq Telekom siyosatini tarqatar ekanmiz, biz yuqori sifat standartini hamda o’z ishimizga va mijozlarimizga nisbatan alohida munosabatimizni tarqatgan bo’lamiz.

 

Sharq Telekom – bu sharq qadriyatlari va jahon standartlari provayderi.

Sharq Telekom faoliyatining tamoyillari.

Biz hamma narsani o’z zimmamizga olamiz.

Siz faqat buyurtmani qoldiring, biz esa eng qisqa muddatlarda muammoingni hal qilamiz.

Biz ishonchli internet bilan ta’minlaymiz.

Bizning texnologiyalarimiz, uskunalarimiz hamda servisimiz yildan yilga faqat yaxshilanib bormoqda va tarmog’imizdan qulay foydalanishingiz uchun rivojlanmoqda.

Biz 24/7 tarzida aloqadamiz.

Bizning texnik ko’mak xizmatimiz sizning savollaringizga javob berish va yordam berish uchun kechayu kunduz ishlaydi.

Biz sizni ko’rishdan doimo xursandmiz.

Sharq Telekom ko’rsatayotgan xizmatlariga nisbatan yuqori talablar qo’yadi va mijozlar bilan to’g’ri munosabatda bo’lishga katta e’tibor qaratadi.